Sel ko‘chkilari oqibatida Tojikiston shimolida ikki kishi halok bo‘ldi. Tojikiston hukumati tasarrufidagi favqulodda holatlar va fuqarolar muhofazasi qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Revad qishlog‘ida yashovchi 41 yoshli ayol va uning o‘g‘li 9 may kuni kechki payt nobud bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar qildi.
“So‘nggi kunlarda respublika hududida jala yomg‘irlari natijasida yuzaga kelgan sel ko‘chkilari oqibatida qator turar joy hamda ishlab chiqarish binolari vayron bo‘ldi”, - aniqlik kiritildi matbuot markazi xabarida.
Hisobotga ko‘ra, ba'zi infratuzilma obektlariga ziyon yetgan.