Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin G‘alaba kuni munosabati bilan Ukraina va Gruziya prezidentlarini tabriklamaganiga izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Bilasizki, Rossiya va Gruziya rahbariyatlari o‘rtasida muloqot zarur darajada emas, yoki umuman yo‘q. Rossiya va Ukraina rahbariyati o‘rtasida ham zarur darajada muloqot mavjud emas”, - ma'lum qildi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon ikki tomonlama salbiy munosabatlarning tashabbuskori bo‘lmagan.
Peskov Putinning davlatlararo salbiy munosabatlar xalqlarning iliq tuyg‘ulari va an'analariga ta'sir etmasligi to‘g‘risidagi so‘zlarini eslatdi, shuning uchun prezident tabrigi xalqqa yo‘naltirilgan.