Massachusetsdagi tadqiqotchilar 5 mlrd dollar evaziga dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishmoqchi

Jamiyat 15:05 / 10.05.2016 4019

Massachesets texnologik instituti “Campaign for a better world” (“Dunyoni yaxshilash kampaniyasi”) dasturini ishga tushirdi.

Dasturning maqsadi – 5 milliard dollar to‘plash. Mablag‘ nomidan kelib chiqqan holda, dunyoni yaxshilashga xizmat qiladigan turli tadqiqotlar o‘tkazishga sarflanadi. Bu haqda Review.uz xabar qildi

Dastur jami 5ta tadqiqot yo‘nalishini ko‘zda tutadi.

Discovery Science. Unga ekzoplanet, gravitatsion to‘lqinlar, miyaning qarishi, oqsillarning o‘zaro ta'siri va boshqa fundamental tadqiqotlar kiradi. 

Health of the Planet. Bu yo‘nalish sayyora bilan bog‘liq turli sohadagi izlanishlarni nazarda tutadi. Masalan, ekologiya muammolari va ularning yechimi, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar, ocharchilik, suvsizlik muammosi, energiya olishning alternativ manbalari kabi masalalar.

Human Health. Bu inson salomatligi bilan bog‘liq tadqiqotlardir. Ushbu yo‘nalish gen muhandisligi, hujayralarni o‘rganish, onkologiya tashxisi muammolari, sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy muammolari, Parkinson kasalligi, bosh miya jarohati va boshqalarni tadqiq etadi.

Innovation and Entrepreneurship. Ushbu yo‘nalish iqtisodiyot, yangi ixtirolarni hayotga tatbiq etish, yosh olimlarga ko‘mak berish kabi mavzularga oid fan rivoji taraqqiyotini nazarda tutadi. 

Teaching, Learning and Living. Ro‘yxatdagi ushbu bo‘lim barcha yo‘nalishlarda ta'lim tizimini yaxshilashga qaratilgan. 

Hozirgacha institut o‘z dasturini amalga oshirish uchun 2,6 milliard dollar miqdorida pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: