Qirg‘iziston elchisi Toshkentdagi missiyasini yakunladi

O‘zbekiston 16:37 / 10.05.2016 3072

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 10 may kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qirg‘iziston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Emilbek Uzakbayevni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotganligi munosabati bilan elchiga munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirilgan.

Elchi, o‘z navbatida, Toshkent shahridagi Qirg‘iziston elchixonasi faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: