YeI va Turkiya o‘rtasidagi 13 may kuniga belgilangan oliy darajadagi uchrashuv bekor qilindi

Jahon 16:44 / 10.05.2016 3311

YeI tashqi aloqalar xizmati vakilasi Mayya Kosyanchichning Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot berishicha, Yevropa ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuv bekor qilingan. U 13 mayda bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

"Oliy darajadagi muloqot 13 mayga belgilangan edi. Ammo u boshqa muddatga ko‘chirildi. Mazkur qaror birgalikda qabul qilindi", - degan Kosyanchich, uchrashuv muddati to‘g‘risida ma'lumot yo‘qligini aytar ekan. 

Kosyanchichning so‘zlariga ko‘ra, bekor qilingan uchrashuv kun tartibida, rasmiy Anqaraning YeIga a'zo bo‘lish jarayoni va viza liberallashuvi kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: