Hollivud aktrisasi Xloya Greys Morets futbolchi Devid Bekhem va dizayner Viktoriya Bekhemlarning to‘ng‘ich o‘g‘li - Bruklin bilan ishqiy munosabatlarda ekanligi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqda People nashri ma'lum qilgan.
"O‘ylashimcha, buni qanchalik sir tutmasam, odamlarga shunchalik qizig‘i qolmaydi, shu bois tan olaman, ha, bizning sevgi romanimiz bor", - dedi Morets «Watch What Happens Live!» ko‘rsatuvida.
Do‘stining ota-onasi haqidagi savolga javob berar ekan, aktrisa shunday dedi: "Devid - ajoyib ota, Viktoriya - zo‘r ona".
Moretsning so‘zlariga ko‘ra, Bruklinning ota-onasi juda yaxshi odamlar, bir qator ishlardan tashqari ular "yaxshi o‘g‘il"ni dunyoga keltirishgan.
Morets va kichik Bekhemning ishqiy munosabatlari haqidagi xabarlar ilk marta 2014 yilda paydo bo‘lgan. Juftlikni bir necha marotaba birga ko‘rishgan.
Morets "5-to‘lqin", "Telekinez" kabi filmlaridagi rollari orqali tanilgan.