Tojikiston IIV: Moskvada qo‘lga olingan osiyoliklar IShID a'zolari bo‘lgan

Jahon 16:13 / 09.05.2016 25623

May oyi boshlarida Moskvada huquq tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan bir guruh erkaklar jamoasi IShID terrorchilik tashkiloti bo‘linmalaridan birining a'zolari bo‘lib chiqdi. Bu haqda Tojikiston ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

To‘rtinchi may kuni Rossiyaning federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva va Moskva viloyatida o‘tadigan may tantanalari paytida terakt sodir etmoqchi bo‘lganlikda gumon qilib, bir guruh markaziy osiyoliklarni qo‘lga olgan edi. Qo‘lga olinganlarning yonida ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ va portlovchi uskunalar topilgan. Teraktlar Suriya va Turkiyadagi terrorchi guruhlar boshliqlari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, ular odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda otishma uyushtirishni rejalashtirishgan.

"Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining hamkorlikda o‘tkazgan operatsiyalar chog‘ida IShID terrorchilik tashkilotining bir qancha a'zolari qo‘lga olingan. Ular Moskva hamda Dushanbeda o‘tadigan 9 may – G‘alaba kunida terakt sodir etishni maqsad qilishgan”, - deyiladi Tojikiston IIV bergan ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: