«MYu» portugaliyalik 18 yoshli futbolchi uchun 80 mln yevro taklif qildi

Sport 18:42 / 09.05.2016 6845

Portugaliyaning «Benfika» jamoasi yosh yarim himoyachisi Renatu Sanshesh yangi mavsumdan Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasida faoliyatini davom ettirishi oydinlashib bormoqda.

BT Sport nashri xabariga ko‘ra,  Portugaliya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan 18 yoshli bu futbolchining transferi uchun inglizlar jamoasi 40 million yevro to‘laydi, yana shuncha miqdordagi mablag‘ bonuslar ko‘rinishida beriladi.

Portugaliya chempionatining oxirgi turida «Maritimu»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvning 37-daqiqasida Sanshesh qizil kartochka olib maydonni tark etgan va bu uning portugaliyaliklar jamoasi safidagi oxirgi uchrashuvi bo‘lgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda tayanch yarim himoyasida harakatlanuvchi bu futbolchi 24 uchrashuvda ishtirok etgan va 2ta gol urib, bitta golga mualliflik qilgan.

Ma'lumot uchun, Sansheshning shartnomasida uni sotib olish uchun to‘lanadigan tovon puli 75 million yevro (60 million funt) miqdorida ko‘rsatilgan.

Bundan oldinroq, jamoa futbolchini 60 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: