Kamerunda ayollar futbol jamoasi darvozaboni mashg‘ulot vaqtida hushini yo‘qotib vafot etdi

Sport 17:39 / 09.05.2016 5517

Kamerundagi ayollar futbolida "Femina Stars" jamoasi darvozaboni Janin Kristel Jomnang 8 may kuni o‘yindan oldingi mashg‘ulot jarayonida hushini yo‘qotib vafot etgan.

26 yoshli Jomnang hushidan ketgach shifoxonaga olib ketilgan, lekin yo‘lda uning joni uzilgan. Ushbu yosh sportchining o‘limi sababi sifatida yurak xuruji xastaligi keltirilgan.

Biroz oldinroq, kamerunlik yana bir futbolchi fojiali tarzda vafot etgandi. Buxarestning "Dinamo" jamoasi a'zosi bo‘lgan kamerunlik Patrik Ekeng "Viitorul" jamoasiga qarshi o‘yin vaqtida yerga qulagan va shifoxonaga ketish chog‘ida olamdan o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: