8 may kuni Xitoyning Taynin uyezdidagi (Sharqiy Xitoy, Futszyan viloyati) qurilish maydonchasida yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli qurbon bo‘lganlar soni 31 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.
Oxirgi xabarlarda bu hodisa tufayli 19 kishining o‘limi qayd etilgani va 13 kishi bedarak ketgani haqida xabar berilgandi.
Qutqaruvchilar oxirgi soatlarda bir kishini xarobalar ostida chiqarib olishgan.
Yer ko‘chkisi 8 may kuni ertalabki payt kuchli yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘ldi. 100 ming kub metr loy va tog‘ jinsi mahalliy gidroelektrostansiyasining qurilish maydonchasiga qoya bo‘ylab pastga o‘pirilib tushgan hamda ishchilar tunayotgan turar-joy va ma'muriy binoni bosib qolgan.Hududda qutqaruvchilar va politsiya vakillari ish olib borishmoqda.Mamlakat rahbari Si Tszinpin jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. U shuningdek, shunga o‘xshash hodisalarning iloji bor qadar takrorlanmasligini ta'minlash uchun tegishli tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha mas'ul amaldorlarga vazifa yuklagan.