Eron bosh shtabi rahbari o‘rinbosari general Ali Abdullohiy Eron harbiy kuchlari o‘rta masofalik ballistik raketaning navbatdagi sinovini o‘tkazishgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Sakkiz metrlar atrofidagi masofadan nishonni aniq nishonga oluvchi raketaning uzoqlik masofasi ikki ming kilometrni tashkil etdi. Ali Abdullohiyning aytishicha, sinov ikki hafta avval o‘tkazilgan va muvaffaqiyatli yakun topgan.
Abdullohiy sinov to‘g‘risida batafsil ma'lumot berish hamda aynan qaysi raketa sinalganligini aytishdan bosh tortgan.