Yaponiyaliklardan iborat bir guruh odamlar 1954 yilda mamlakatda portlovchi uskunalarni sinovdan o‘tkazganligi uchun tarixda ilk bor AQShga da'vo kiritishib, tovon puli talab qilishdi.
Kiodo agentligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, da'vo 45 nafar kishi tomonidan Sikoku prefekturasidagi Koti tuman sudiga kiritilgan. Da'vogarlar orasida baliqchilar oilasi vakillari ham bo‘lib, ular amerikaliklarning yadro sinovlaridan so‘ng yuzaga kelgan fojia haqida so‘z yuritishgan.
Ular tovon puli sifatida 2 mln. iyen (18,6 ming dollar) talab etishgan.