Suriyada o‘g‘irlab ketilgan ispan jurnalistlari ozod etildi

Jahon 10:40 / 08.05.2016 2983

2015 yilda Suriyaning Halab shahrida o‘g‘irlab ketilgan 3 nafar ispan jurnalisti ozod etildi. Bu haqda Efe agentligi xabar bermoqda. 

Jurnalistlar Antonio Pampliyega, Xose Manuel Lopes va Anxel Sastre Suriyada o‘tgan yilning iyulida yo‘qolib qolganlar. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ispanlarni "ittifoqdosh davlatlar va do‘stlar hamkorligi", jumladan Turkiya va Qatar ko‘magida ozod etishga muvaffaq bo‘lindi. 

Oxirgi marta jurnalistlar Halabda frilanserlar sifatida ishlashganda 2015 yil 12 iyulda aloqaga chiqqandilar. Ispanlar Suriya hududiga 10 iyulda Turkiya orqali o‘tishgan.

Ko‘proq yangiliklar: