San-Frantsiskoda politsiya boshlig‘i iste'fosini talab qilayotgan 33 kishi hibsga olindi

Jahon 08:52 / 08.05.2016 3638

San-Frantsisko shahar ma'muriyati binosi yonida, shahar politsiyasi boshlig‘i iste'fosi talab qilinayotgan norozilik namoyishi davomida kamida 33 namoyishchi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bino oldida to‘plangan o‘nlab norozilar xavfsizlik kuchlari xodimlari bilan to‘qnashganlar. Sherif boshqarmasi vakili Eylin Xirstning aytishicha, namoyishchilar tarqalish haqidagi ko‘rsatmani bajarmaganliklaridan keyin hibsga olinganlar.

Ta'kidlanishicha, to‘qnashuvlar shahar politsiyasi boshlig‘i Greg Surning bo‘shatilishini talab qilib 16 kun davomida ochlik e'lon qilayotgan 5 kishining shifoxonaga jo‘natilganidan keyin boshlangan.

San Francisco Chronicle nashrining yozishicha, ochlik e'lon qilish 21 aprelda, politsiyachilar tomonidan qora tanli erkaklar otib tashlagan ikki holatga norozilik sifatida boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: