Saudiya Arabistonining yangi tashkil etilgan energetika, sanoat va ma'danli zaxiralar vaziri Xolid al-Falah uning mamlakati neft sohasidagi avvalgi yo‘nalishiga amal qilishda davom etishini ma'lum qildi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.
"Saudiya Arabistoni o‘zining barqaror neft siyosatiga amal qiladi", deb aytdi vazir va uning mamlakati eng yirik neft eksportchisi ekanini va dunyodagi eng ishonchli energiya resurslari yetkazib beruvchisi mavqeini mustahkamlashi zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
7 mayda Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi boshqaruv raisi Xolid al-Falah Saudiya Arabistoni qirolining hukumatda amalga oshirgan o‘zgartirishlari doirasida yangi vazirlikki rahbar etib tayinlandi.