Moskva viloyatida noma'lum kimsa ov miltig‘ida besh nafar baykerni otib ketdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Bu haqda hudud favqulodda vaziyatlar xizmati ma'lum qilgan.
Voqea Yegoyevskiy tumanining Cheloxova qishlog‘ida ro‘y bergan. Besh nafar kishi nobud bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, qotil “Sayga” deb nomlanuvchi ov quroli bilan odam o‘ldirgan. Ayni damda u qidiruvga berilgan.