Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 9 may bayramida ishtirok etish uchun Moskvaga yetib keldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Nursulton Nazarboyev Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 72 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib keldi", deyilmoqda xabarda.
Qozog‘iston prezidenti Moskvaga tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirgan.