May oyida Qirg‘iziston milliy banki qimmatbaho metallardan yasalgan noyob tangalar auksionini o‘tkazadi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma'lum qilgan.
"Qirg‘iziston milliy banki milliy valyuta kuni munosabati bilan tilla va kumushdan yasalgan noyob tangalar kolleksiyasining auksionini o‘tkazadi", — deyiladi xabarda.
Auktsion vaqtida kolleksioner va numizmatchilar mamlakat milliy banki tomonidan 1995 yildan 2007 yilga qadar chiqarilgan noyob tangalar kolleksiyasini sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Auktsionni o‘tkazish 18 may kuniga mo‘ljallangan. Unda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Qirg‘iziston milliy banki noyob tangalar auksionini tez-tez o‘tkazib turadi. So‘nggi auksion 2014 yilning may oyida bo‘lib o‘tgan edi.