Keniyada bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 49 kishiga yetdi

Jahon 11:01 / 08.05.2016 3141

Qutqaruvchilar Keniya poytaxti Nayrobida qulagan bino joyida qidiruv-qutqaruv ishlarini yakunladilar. Qurbonlar soni 49 kishini tashkil qildi, deb xabar berdi Keniya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasi boshlig‘i Pius Masai.

29 aprelda Nayrobining tumanlaridan biridagi 6 qavatli bino qulab tushgandi. Daryo yonida joylashgan uyning 1-qavati kuchli yomg‘irlar va toshqin oqibatida suv ostida qolgandi va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, aynan shu holat binoning qulashiga olib kelgan.

Avvalroq 43 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Masaining aytishicha, bino vayronalari ostidan 140 kishi qutqarib olingan, ular orasida fojia yuz bergandan 4 kun o‘tib aniqlangan 7 oylik qizcha ham bo‘lgan. Yana 47 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, ular fojia paytida binoda bo‘lgan-bo‘lmaganliklari ham noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: