Irlandiyada "Transaero" aviakompaniyasining hisobdan chiqarilgan Boeing-767 samolyoti barjaga ortilib, Shennon aeroportidan dengiz yo‘li bilan Slaygo grafligiga jo‘natildi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.
"Men hech qachon aeroportdagi samolyot barjaga ortilib, uni dengiz yo‘li bilan tark etadi, deb tasavvur ham qilmagandim", deb aytdi aeroport boshqaruvchisi Deydr Uitni.
Samolyot uni avvalroq sotib olgan tadbirkor Devid MakGoven tashabbusi bilan Slaygoga jo‘natildi. MakGoven samolyotni mehmonxonaga aylantirmoqchi. Samolyot graflikdagi Inishkron degan joydagi "glemping" yoki "glamur kemping"da o‘rnatiladi. MakGoven bu yerda, shuningdek, sayyohlar yashay oladigan avtobus, taksi va boshqa transport vositalarini joylashtirmoqchi.
Ta'kidlanishicha, 50 tonnalik samolyotni barjaga ortish uchun 6 soat talab etilgan.