Disney qurilmalarni aniqlay oladigan skaner ixtiro qildi

Texnologii 09:53 / 08.05.2016 3333

Zamonaviy qurilmalarning ko‘p qismi, jumladan, noutbuk, planshet yoki smartfonlarning tashqi ko‘rinishi bir-biriga juda ham o‘xshaydi. Agarda ularning logotipi olib tashlansa, oddiy foydalanuvchi gadjyetlar qaysi kompaniyaga tegishli ekanini farqlay olmaydi. Disney kompaniyasining tadqiqot bo‘linmasi aynan shu muammoni hal qilishga qaror qildi. Disney Research xodimlari qurilmalar elektromagnit maydonini skaner qilish orqali identifikatsiya qiluvchi skaner yaratishdi.

Garchi qurilmalar texnik hususiyatlari jihatdan bir xil bo‘lsa-da, barining elektromagnit maydoni turlicha bo‘ladi. Disney Research tomonidan ishlab chiqilgan skaner 40ta qurilma ichidan 30tasini to‘g‘ri aniqlay oldi. Qolgan 10ta devays 90 foizdan yuqori darajada aniqlandi. Birgina Apple smartfonlarini to‘g‘ri aniqlashning iloji bo‘lmadi. Tadqiqotlar fikricha, bu chastotalar joylashinuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mazkur skaner bor-yo‘g‘i 10 dollar turadi va bu qurilma kompaniyalar uchun har bitta modelni sinchkovlik bilan tekshirish zaruriyatini tug‘dirmay, o‘z inventarizatsiyalarini qulay holda kuzatishlariga yordam beradi. Bundan tashqari, qurilmalar quti ichida joylashgan payti ham skanerlash imkoni mavjud. Bu esa yirik korxonalarning jo‘natmalari vaqtida foydali bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: