Britaniya razvedkasining sobiq rahbarlari YeIsiz yuzaga keladigan xavf haqda gapirdi

Jahon 09:03 / 08.05.2016 8382

Buyuk Britaniya xavfsizlik tashkiloti bo‘lmish MI6 ning sobiq boshlig‘i Jon Soyyers va MI5 ning sobiq rahbari Jonatan Evans mamlakat YeIdan chiqib ketsa, xavfsizlik sohasida bir qator muammolar yuzgaga kelishi haqida gapirib o‘tishdi. Bu haqda Sunday Times nashri yozmoqda.

«Kontrterrorizm — bu jamoaviy o‘yin va YeI bu borada juda yaxshi. Hech bir davlat terrorizmga qarshi yakka o‘zi kurasha olmaydi», — dedi razvedkachilar.

Ularning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi, demokratiyaga qarshilar uchun aynan qo‘l keladi va mintaqadagi muvozanatni yo‘q bo‘lishiga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: