«Davlat organlarini tanqid qilaylik, lekin boshqa davlatlar bilan o‘zimizni taqqoslab ko‘rib, tanqid qilsa-chi?», - dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev milliy radiostansiyalardan birining rahbari bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Prezident radiokompaniya rahbariyatini Radio va aloqachilar kuni bilan tabriklagan. Almazbek Atambayev radio boshqa OAVlardan o‘zining tezkorligi hamda keng qamrovliligi bilan ajralib turishini ta'kidlab o‘tgan.
Davlat rahbari jamiyat madaniyatining darajasini oshirishda hamda kuchli va farovon davlat qurish sabablarini targ‘ib qilishda radioning o‘rni beqiyos ekanligini ta'kidlab o‘tgan. «Sizlardan bir iltimos – to‘g‘risini gapiring va vataningizni seving. Sizning tinglayotgan har bir kishi so‘nggi besh yil ichida Qirg‘izistonda amalga oshirilgan ishlarni eshitib, faxrlanishi zarur», - dedi Almazbek Atambayev.
Almazbek Atambayev: qirg‘iz radiosini eshitgan odam mamlakatdagi o‘zgarishlarni eshitib, lol bo‘lishi kerak
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25531
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34492
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
23:35 / 13.11.2024
416