Venesuelada muxolifat yetakchilaridan biri – "Yangi zamon" partiyasi yetakchisi Xerman Mavare otib ketildi.
Excelsior portali ma'lum qilishicha, 6 may erta tongda Lara shtatidagi Barkisimeto shahrida muxolifatchi boshiga o‘q uzilgan. U olingan jarohatdan shifoxonada vafot etgan. Mavarening partiya bo‘yicha hamkasbi uning boshiga mototsiklda ketayotgan kimsa o‘q uzganini ma'lum qilgan. Qotil o‘q uzishdan oldin siyosatchining ismi qandayligini so‘ragan.
Shunisi ma'lumki, avvalroq muholifatchiga bir necha bor uning ishi bilan bog‘liq tahdidlar qilingan. Rasmiy hukumat Mavarening qotilligiga hech qanday izoh bermadi.
O‘tgan yilning noyabrida parlament saylovlaridan oldin "Demokratik harakat" partiyasining yetakchilaridan biri Luis Manuel Dias Guariko shtatida ovoz beruvchilar bilan uchrashuv vaqtida otib ketilgandi.
Avvalroq Venesuelada muxolifat Milliy saylov kengashiga mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning iste'foga ketishi bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun 1,85 mln imzo qo‘yilgan talabni yuborgan edi.
Hozirda Venesuela neft narxi pasayishi sababli og‘ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Xususan, joriy haftada iqtisod qilish maqsadida byudjyet ichshilari uchun ishchi haftasi 2 kungacha qisqartirildi.