O‘zbekistonda bitiruvchilarning ishga joylashishiga doir yangi mexanizm yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 14:14 / 07.05.2016 7734

Savdo-sanoat palatasi (SSP) va BMT taraqqiyot dasturi O‘zbekistonda bitiruvchilarni ishga joylashtirishda yordam berish maqsadida yangi mexanizmni kiritish taklifini bildirishdi. Bu haqida 7 may kuni Sputnik nashri xabar berdi. 

Oliy o‘quv muassasalari va kollej bitiruvchilariga ularning amaliy ko‘nikmalarini namoyon etuvchi qo‘shimcha imtihon topshirish taklifini berishadi. Imtihon komissiyasi davlat tuzilmasi va tadbirkorlardan iborat bo‘ladi. Sinov natijalari yakuniga muvofiq berilgan sertifikat ishga joylashishda qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘ladi. 

Mazkur hujjat kollej yoki oliy o‘quv muassasasi bitiruvchisining so‘nggi bosqichda o‘z xohishiga ko‘ra mutaxassislik bo‘yicha qo‘shimcha imtihondan o‘tgandan keyin beriladi.

"Bu ish beruvchiga bitiruvchining haqiqiy malakasi to‘g‘risida ma'lumot berish imkonini yaratadi, sertifikat ishga olinayotgan xodimning zarur amaliy bilimlarga ega ekanligini kafolatlovchi o‘ziga xos hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Taklif etilayotgan imtihon o‘quv dasturi bo‘yicha majburiy hisoblanmaydi, u, eng avvalo, amaliy ko‘nikmalarni tekshirishga yo‘naltirilgan va har bir kasbiy yo‘nalishda biznesning aniq talablariga moslashtirilgan", deyiladi manbada. 

Ekspertlarning ta'kidlashicha, korrupsiyaning oldini olish uchun imtihon davlat sektori va biznesning beg‘araz vakillaridan iborat mustaqil komissiya tomonidan olinishi kerak. Imtihon qabul qiluvchilar bitiruvchining kasbiga yaqin yo‘nalishga qarab tanlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: