Bir qarashda Trocadero Fixie huddi klassik ko‘rinishdagi velosipedga o‘xshaydi va uning hech qanday ajralib turuvchi hususiyatlari yo‘qdek tuyuladi. Biroq maxsus qulf olib tashlangach, velosiped noodatiy hiylani amalga oshira boshlaydi – rul qismi o‘zini odatdagidek tutaveradi, orqa qism esa belgilangan burilishga qarab tomondan tomonga harakatlana boshlaydi.
Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, g‘ayrioddiy velosiped noan'anaviy tarzda haydalishiga qaramay, o‘z vazifalarini a'lo darajada uddalaydi va yiqilish holatlarini bartaraf etadi. Velosipedchilar Trocadero Fixie’ga moslashishlari va uni bukilgan holatda ham boshqarishni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Yangi ixtiro dag‘al yo‘llar ustida harakatlanishga mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, o‘zining g‘ayritabiiy va kulgili boshqarilishi bilan atrofdagilar e'tiborini jalb eta oladi.