Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud hukumatda bir qator o‘zgartirishlar amalga oshirdi va bir qator vazirliklarni qayta shakllantirdi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali ma'lum qildi.
Jumladan, neft va ma'danli zaxiralar vaziri Ali ibn Ibrohim an-Nuyamiy o‘z lavozimidan ozod etildi. Vazirlik qayta shakllantirilib, energetika, sanoat va ma'danli zaxiralar vazirligiga aylantirildi va unga Aramco davlat neft kompaniyasining raisi Xolid al-Falah rahbar etib tayinlandi. Al-Falah mos ravishda avval egallab turgan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini tark etadi.
Bundan tashqari, transport, ijtimoiy ishlar, suv xo‘jaligi va elektr energetika vazirliklarida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.