Samarqand shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limi tasarrufidagi Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi hamkorlikda 55 umumta'lim maktabi bilan 9 may Xotira va qadirlash kuniga «Otalar jasorati yoshlarga ibrat!» deb nomlangan teatrlashtirilgan adabiy musiqiy kechasi tashkil etildi.
Yig‘ilganlar e'tiboriga Amir Temur madaniyat markazi qoshidagi bolalar folklor jamoasi, raqs-xoreografiya ijodi guruhi, honandalar Salohiddin Oripov va Sherzod Tursunovlar bayramga bag‘ishlangan ijodiy dasturlarini namoyish qildilar.
55-umumta'lim maktabining 9 «A» sinf o‘quvchilari tomonidan yurtimizdagi osoyishtalikni qadriga ettishimiz lozimligini ta'kidlaydigan badiiy kompozitsiya tadbir qatnashchilari e'tiboriga havola qilindi.