UFC bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Neyt Diaz bilan UFC 202 doirasida revansh jangini o‘tkazadi.
«Konor Makgregor va Neyt Diaz o‘rtasidagi jang 99 foiz holatda 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Men turnir o‘tadigan joyni bilmayman, ammo okeanga yaqin hududda o‘tishiga umid qilaman», — dedi o‘z tvitterida insayder Jyeremi Botter.