Angliyaning joriy mavsumdagi chempioni "Lester" klubining egasi, tailandlik milliarder Vishay Shrivaddxanaprabxa jamoasining chempion bo‘lganini kazinoda nishonlash vaqtida 3,2 mln yevro yutib oldi. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda.
Tadbirkor Lesterdagi kazinolardan birida ko‘ngilxushlik qilgan. U bu pullarni nimaga ishlatishi aytilmagan.
Avvalroq tadbirkor jamoa chempionatda g‘olib bo‘lsa, har bir o‘yinchiga 41 ming yevrolik Mercedes V sinfidagi mashinadan sovg‘a qilish va Las-Vegasga sayohat pulini to‘lab berishga va'da bergandi.
"Lester" chempionat tugashiga 2 tur qolganda muddatdan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘zining 132 yillik tarixida birinchi marta Angliya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Shrivaddanaprabxa 59 yoshli tailandlik tadbirkor bo‘lib, King Power Duty Free kompaniyasi asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. U jamoani 2010 yilda sotib olgan. Milliarder Forbes jurnali talqini bo‘yicha, Tailandning eng boy odamlari orasida 9-o‘rinni egallaydi.