Xitoyning entomologiya muzeyi xodimi Chjao Li tomonidan topilgan ulkan tayoqchasimon qo‘ng‘iz (palochnik) uzunligi 62,4 sm ni tashkil qilib, u dunyodagi eng katta hasharot deb topildi. Yangi hasharot turi uning birinchi kashfiyotchisi nomiga Phryganistria chinensis Zhao deb ataldi.
Chjao Li katta hasharotni 1998 yildan beri qidirish bilan shug‘ullangan. O‘shanda Guansi viloyatida yashovchi aholi unga yarim metrlik, tanasi qalinligi katta odamning ko‘rsatkich barmog‘i qalinligidek keladigan katta hasharotni ko‘rishganini aytishgan.
Olim bunday hasharot bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan, biroq u bu hasharotni faqatgina 2014 yilda topishga muvaffaq bo‘lgan. "Men Guansi tog‘idagi Lyuchjou shahri atrofida 2014 yil 16 avgust tungi payt hasharotlar yig‘ib yurganimda, yog‘och qo‘ng‘iziga o‘xshash sharpani ko‘rdim. Men unga yaqinlashganimda hayratdan yoqamni ushlab qoldim: men ko‘rganim qo‘ng‘izning o‘zi emas, faqatgina panjasining o‘zigina bo‘lgan", deb olimning so‘zlarini keltirmoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Topilgan hasharotning uzunligi 62,4 sm ni tashkil qilgan. Avvalgi rekord 2008 yilda Malayziyada aniqlangan xuddi shu turdagi hasharotga tegishli bo‘lgandi, uning uzunligi 56,7 sm bo‘lgan.
Biroq yangi rekordning rasman tan olinishi uchun yana 2 yil talab etildi. Bundan tashqari, topilgan hasharot shunday katta o‘lchamlarga moyilligi borligi aniqlangan: Chjao bu hasharot qo‘ygan 6 ta tuxumni olib, ulardan zurriyot chiqishini poylagan va ulardan eng kichigining o‘lchamini o‘lchaganda uning uzunligi 26 sm ni tashkil qilgan.
Hozirda hammasi bo‘lib tayoqchasimonlarning 3 mingga yaqin turi ochilgan.