Xitoyda joriy yildagi birinchi katta panda dunyoga keldi

Jamiyat 11:44 / 07.05.2016 8169

6 mayda Xitoyning Sychuan viloyatida joylashgan Chendu tadqiqot markazida joriy yildagi dunyodagi ilk katta panda tug‘ildi, deb xabar bermoqda ECNs.

Pandani 9 yoshli Ayba (Ai Hin) laqabli ayiq dunyoga keltirdi. Erkak panda mahalliy vaqt bilan soat 06:06 da dunyoga keldi. 

2016 yildagi ilk pandaning tug‘ilishiga bag‘ishlangan onlayn-translyatsiyani yuz minglab odamlar kuzatdi. 

Aybaning homiladorligi haqidagi ma'lumot birinchi marta 2014 yil avgustda paydo bo‘lgandi. Biroq o‘shanda mutaxassislar uzoq vaqt bu soxta homiladorlik deb gumon qilishgan, chunki bu aqlli jonzotlar o‘zlarining "turmush darajasini" yaxshilash uchun homiladorlikni simulyatsiya qiladilar. Chunki bo‘lg‘usi ona-pandalar alohida xonaga o‘tkaziladilar va ularga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, kuchaytirilgan oziqa ratsioni taqdim qilinadi. Pandalarning homiladorligini obektiv ko‘rsatkichlarga ko‘ra ularning gormonal foni beqaror bo‘lgani sababli aniqlash mushkul, tashqi tomondan esa ularning semirishga moyilliklari sababli umuman aniqlab bo‘lmaydi. 

Katta panda yoki bambuk ayig‘i – vatani Xitoy hisoblanadigan sut emizuvchi jonzot. Xitoyda panda yo‘qolib borayotgan tur hisoblanadi va davlatning alohida himoyasida turadi. Panda Xitoyning milliy ramzi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: