"Gazprom" "Shalke" klubi bilan yangi xomiylik shartnomasi imzoladi

Sport 21:34 / 07.05.2016 3867

Germaniyaning "Shalke-04" futbol klubi Rossiyaning "Gazprom" transmilliy korporatsiyasi bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan xomiylik shartnomasi imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Men hamkorligimizning 2022 yilgacha uzaytirilganidan juda xursandman. Biz yaqindan hamkorlik qilishni davom ettiramiz, u yana ko‘plab yillar davom etadi. Aleksey Miller ("Gazprom" boshqaruv raisi) bilan yaxshi munosabatlar muzokaralarning mavjud sermazmun muhitiga yanada ijobiy ta'sir ko‘rsatdi", deb aytdi klubning kuzatuv kengashi raisi Klemens Tennis.

"Gazprom" va "Shalke"ning hamkorligi Bundesligada eng uzoq davom etayotgan hamkorliklardan biridir. Tomonlar 2007 yildan beri hamkorlik qilib keladilar. Amaldagi kelishuv 2017 yil yozida yakunlanishi kerak edi.

2015 yilda "Gazprom" va UYeFA Chempionlar Ligasi bo‘yicha yangi 3 yillik xomiylik shartnomasini tuzgandilar.

"Gazprom" nemis klubidan tashqari, Rossiyaning "Zenit" va Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" futbol klublarining titul xomiysi, "Chelsi" futbol klubi va "Yesimit Yevropa 2" yelkanli yaxta jamoasining rasmiy global energetik hamkori hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: