Dubayda yana bir olamshumul me'morchilik loyihasi amalga oshadi

Light 17:35 / 07.05.2016 22183

Mana  bir necha yillardan beri afsonaviy Dubay shahri o‘zining lol qoldiruvchi arxitektura qurilishlari va hayratlanarli loyihalarini yaratishda davom etmoqda. Dunyodagi eng hashamatli va ajoyib muxandislik loyihalari aynan shu yerda amalga oshirilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  Kleindeisnt dizaynerlik guruhining navbatdagi me'morchilik loyihasi o‘zining originalligi va hashamdorligi bilan boshqa megapolislardan qolishmaydi. Uning ajralib turuvchi jihati – bino yerda emas, Fors ko‘rfazining ustida quriladi.

Majmuada 42ta “Dengiz otlari” deb nom olgan suzuvchi villa mavjud bo‘lib, ular bir qancha yuzlab sun'iy orollardan iborat inson qo‘li bilan yaratilgan “Dunyo” arxipelagi tarkibiga kiradi. 

Bino olg‘a harakatlanuvchi suzish platformasida joylashgan. Har bir dengiz otining og‘irligi 200 tonnagacha bo‘lib, turar-joy maydoni 372 kv.metrni  tashkil etadi. Shuningdek, bino egasining ehtiyojlariga moslashtirilgan 3ta qavat mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi suv ostida joylashgan bo‘ladi. Shishadan yasalgan devorlar okean va dengiz marjonlari bog‘ining tarovatidan bahra olishga yordam beradi. 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

Ko‘proq yangiliklar: