7 mayda Lesterdagi "King Pauer – Uolkers" stadionida Angliya chempionatining 37-turi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda "Lester Siti" "Everton"ni qabul qiladi. Uchrashuvdan keyin Klaudio Raneri jamoasini chempionatning oldin medallari bilan taqdirlash tantanali marosimi bo‘lib o‘tadi.
Lesterliklar bu tarixiy voqeaga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqdalar, jumladan stadionda jamoa to‘purari Jyeymi Vardining qiyofadoshini va boshqa qiziq holatlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Quyida tantanaoldi onlari muhrlangan suratlar keltirilgan.