Yaponlarning robotlarga bo‘lgan ishtiyoqi chegara bilmaydi. Ular, hattoki, xarobalarni yig‘ishtirib beruvchi va binolarni buzuvchi mashinani ixtiro qilishdi. Bu qurilmaga Super Guzzilla deb nom berildi.
Robotning og‘irligi 15 tonnadan oshadi, bo‘yi esa 5 metrni tashkil etadi. U mustahkam metall korpus, materillarni kesish va ezib tashlash uchun ikkita industrial manipulyator-qo‘llar hamda har qanday yer ustida harakatlana oladigan bahaybat yuk mashinasining qattiq g‘ildiraklariga ega. Mazkur robot rivojlangan dizayndagi qurilmalarni jihozlash bilan shug‘ullanuvchi Taguchi Industrial kompaniyasi tomonidan yaratildi. Ularning bunday manipulyatorga ega mashinalari 2011 yil Toxokuda sodir bo‘lgan sunami va 1995 yil Kobedagi ayanchli zilziladan so‘ng hududlarni tozalash uchun sinovdan o‘tkazilib, o‘zining mustahkamliligini isbotlagan.