2050 yil ssenariysi: odamsiz qoladigan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika

Jamiyat 12:52 / 07.05.2016 13885

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning bir qismi 2050 yilga kelib, insonsiz qolishi mumkin. Iqlimning o‘zgarishi bu yerdan odamlarning ommaviy ravishda ko‘chishiga olib kelmoqda. Bu haqda germaniyalik hamda kiprlik olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasida ma'lum qilingan.

2016 yilning aprel oyi so‘nggida 175 mamlakat havoga zararli gazlar chiqarishni kamaytirish borasidagi shartnomani imzoladi. Olimlarning fikricha, bu chora-tadbirlar havo haroratining yanada qizib ketmasligiga sababchi bo‘ladi.

Ammo tadqiqotchilarning ko‘rsatib berishicha, bu xatti-harakatlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi tabiiy fojialarning oldini ololmaydi. 2050 yilga kelib bu yerdagi yozning tunlari 46 daraja issiqqacha, o‘rtacha kunlarning tuni esa 30 daraja issiqqacha chiqishi mumkin.

Mintaqada favqulodda isish holati bugungi kunga qaraganda besh baravar yuqori darajani ko‘rsatadi. Yuz yillik so‘ngiga borib, havo harorati 50 darajaga chiqishi va bu issiqlik bir yilda 118 kundan 200 kungacha davom etishi mumkin.

Hayotning og‘irlashuvi havoning ifloslanishidan ham yomonlashadi. Chunki shamol cho‘ldan qum zarralarini olib keladi. Olimlar bu xulosalariga 1986-2005 yillardagi kuzatuvlari natijasi o‘laroq kelishgan. Ular kelajakda ikkita ssenariy ko‘rishmoqda: RCP4.5 (2040 yilga kelib havo tarkibida bug‘ gazi miqdori kamayadi) va RCP8.5 (havo tarkibidagi bug‘ gazi miqdori oshadi).

Agar birinchi ssenariy sodir bo‘ladigan bo‘lsa, yuz yillik so‘ngiga kelib, yer yuzining ustki qatlamidagi har kvadrat metri 4,5 vatt miqdorida quyosh tig‘i ostida qoladi. Bu bugungi kundagi havo haroratidan ikki darajaga issiq bo‘ladi, deganidir. Agar ikkinchi ssenariy sodir bo‘ladigan bo‘lsa, havo haroratining darajasi 2100 yilga kelib, bugungi kundagiga qaraganda 4 darajaga issiq bo‘ladi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada ayni damda 500 million odam yashaydi. Bu yerdagi issiq harorat darajasi 1970 yilga taqqoslaganda ikki karraga oshganligini ko‘rsatmoqda. XX asr boshlariga kelib, Saudiya Arabistoni, Iroq va Suriya atmosferasi 70 foizga changlangan. Buni mintaqadagi changli shamollar va qurg‘oqchiliklar bilan bog‘lashmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi

Ko‘proq yangiliklar: