«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa ligasi yarimfinalining javob uchrashuvida «Vilyarreal» ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mening «Liverpul»im qoyil-maqom o‘yin ko‘rsatdi. Mana buni o‘yin desa bo‘ladi! Shogirdlarim o‘ynashni do‘ndirib qo‘yishdi. Bu yana bir g‘aroyib kecha edi. Birinchi yarimsoatlik juda hayajonli va ehtiroslarga boy o‘tdi - bu ham ajoyib edi. Birinchi bo‘limning oxirgi 15 daqiqasida xotirjamlikni yo‘qotdik.
Ikkinchi bo‘limda hissiyotga berilgan holda o‘yinni davom ettirishimiz kerak edi. Lekin aql-hushimizni ham yo‘qotmasligimiz talab etilardi. Buni ham qoyil-maqom qilib uddaladik.
«Liverpul»ga kelganimda menga bu jamoaning saviyasi yuqori emas, transferlari yaxshi emasligi haqida aytishgandi. Ammo men bu yerda ajoyib jamoa borligini bilar edim. Mana endi biz Bazelga, Yevropa Ligasi finaliga boramiz! Biz mavsumni uzaytirdik», - deydi Klopp.