O‘g‘rilikni maqsad qilgan jinoiy to‘da ko‘p o‘tmay qo‘lga tushdi

Jamiyat 18:51 / 06.05.2016 3651

Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan Javlon Ro‘ziyev, 1994 yilda tavallud topgan Mirvohid Nishonov 1995 yilda tug‘ilgan Bahrom Bo‘riyevlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tumanning Qoraqamish 2/4 dahasida to‘planib, tekin daromad topish ilinjida birlashib jinoiy reja tuzishdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda. 

Ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yashovchi D.Vladimir o‘sha kuni uyida yo‘q edi. Buni yaxshi bilgan to‘da uyning orqa derazasi panjarasini buzib, oyna orqali ichkariga kirgan olg‘irlar yotoqxona shkafidagi umumiy narxi 3000000 so‘mlik bir dona “ASUS” rusumli noutbukni va Ucell modem qurilmasini sumkasi bilan, mehmonxona ichidan narxi 650000 so‘mlik Romanson rusumli qo‘l soati, narxi 3000000 so‘mlik uzuk va 600 RF rublini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 6688000 so‘m miqdorda zarar yetkazib, voqea joyini tark etishdi. 

Javlon bozorga borib noutbukni 150 AQSh dollariga sotib yubordi, pulni 50 AQSh dollaridan taqsimlab olishdi. Mirvohid uzukni “Chorsu” bozoriga olib borib 650000 so‘mga bir notanish kishiga berib yubordi. Qo‘l soatini esa Chilonzor tumanidagi “Qatortol” savdo majmusiga olib borib 40-45 yoshlardagi erkak kishiga 130000 so‘mga sotib, hamtovoqlar pulni bo‘lishib o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishdi. 

Oradan bir haftalar o‘tgach, Mirvohid Ruslan ismli kishining xonadoni ochiq qoganiga ko‘zi tushib, yana boshqa bir tanishi bilan yerto‘laga tushib, 2300000 so‘m pulni olib keyin yerto‘lani avvalgidek qilib, yotoqxonaga kirib, u yerdagi shkaf ichidan dastro‘molchaga o‘ralgan 7-8 ta uzuk, 3 ta zanjir, 3 ta zanjir, 3 juft ziraklarni olib, o‘ng tarafdagi shkaf ichidan qizil rangli qutichada bo‘lgan 1 ta  zanjir, 1 ta bilakuzugni olib, uydan chiqib ketadi. 

Avgust yilning boshlarida boshqa bir xonadonning egasi yo‘qligiga ishonch hosil qilishgach, uyini ochib kirib, 126000 so‘m pul  va javonni tekshirib ko‘rib sumka ostidagi klyonka dasturxon ostidan 450 AQSh dollarini olib, eshikni qulflab juftakni rostlashadi. 

Bu “sho‘rtumshuq”larning yo‘li ham ziyrak osoyishtalik posbonlari tomonidan qirqilib, tergov jarayonida ularning qilmishlari birma-bir o‘z tasdig‘ini topdi.

Ko‘proq yangiliklar: