AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod bo‘lib qolgan milliarder Donald Trampning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishini, uning foydasiga rol o‘ynaydi.
U bu haqdagi fikrini Fox News telekanaliga bergan intervyusida bildirib o‘tgan.
"Men shaxsan britaniyaliklar YeIdan chiqib ketishsa, ularga yaxshi bo‘lishiga ishonaman", - dedi respublikachi. Uning aytishicha, bu gaplarni tavsiya sifatida qabul qilmaslik kerak. "Men ularning o‘zi qaror chiqarishlarini istayman", - dedi Tramp.
U o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, muhojirlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. “O‘ylashimcha, muhojirlik balosi Yevropa uchun juda muammo bo‘ldi”, deb o‘tgan u bu haqda.