Shotlandiyadagi parlament saylovida Milliy partiya g‘alaba qozondi

Jahon 20:59 / 06.05.2016 3167

Shotlandiya milliy partiyasi (SNP) 5 may kuni o‘tkazilgan mintaqaviy parlament saylovlarida g‘alaba qozongan. Bu partiyaning qatorasiga uchinchi marta g‘alabasi hisoblanadi. Lekin partiya parlamentda kutilganidek ko‘p o‘rin egallamagan va yaqqol ustunlik ko‘rsata olmagan.

Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjyen a'zosi hisoblangan SNP 129 o‘rindan 63ta mandatga ega bo‘lgan, konservatorlar 31 mandat olishgan, leyboristlar uchun saylov muvaffaqiyatsiz yakunlangan - 24 o‘rin.

Saylov natijasida SNP parlamentdagi 6ta o‘rinni yo‘qotgan, leyboristlarning yo‘qotishi 13 o‘rin,  konservatorlarning qonunchilik organidagi o‘rni 16taga ortgan.

"Superpayshanba"da Angliya aholisi mahalliy hukumat organlariga 2747 vakilni saylashdi, 36 okrugda parallel ravishda saylovlar o‘tkazildi va saylov jarayonini politsiya nazorat qildi. Birlashgan qirollikning qolgan hududlarida (Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya) parlament saylovlari o‘tkazildi. Shotlandiyada parlament uchun 129 deputat saylandi, Uelsda— 60 nafar hududiy parlamentariy, Shimoliy Irlandiyada esa assambleyaning 108 nafar a'zosi saylandi. London, Bristol, Liverpul va Solford shaharlarida merlar uchun saylov o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: