TASS axborot agentligining xabar qilishicha, Koreya mehnat partiyasining Pxenyanda bo‘lib o‘tayotgan 7 s'yezdi majlisiga xorijiy OAV kiritilmagan.
S'yezd munosabati bilan AQSh, Yaponiya, Ispaniya, Finlandiya, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlardan mamlakatga taklif etilgan OAV xodimlariga shahar fuqarolari bilan muloqot qilishga izn berilgani ta'kidlanmoqda.
Teleoperatorlar esa, anjuman bo‘lib o‘tayotgan bino atrofini suratga olishlari mumkin.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur s'yezdni yoritish maqsadida birgina Yaponiyadan 60 nafar jurnalist, AQSh OAVning 20 nafar xodimi tashrif buyurgan.
Qayd etish lozim, Koreya mehnat partiyasining ushbu s'yezdi so‘nggi 36 yilda ilk marotaba o‘tkazilmoqda.