«Sevilya» futbolchisi golini jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan jamoadoshiga bag‘ishladi

Sport 09:33 / 06.05.2016 2113

«Sevilya» jamoasi hujumchisi Kevin Gameyro Yevropa Ligasining yarim finalining javob uchrashuvida «Shaxtyor» darvozasiga 2ta gol urdi.

Fransiyalik futbolchi ikkinchi golini biroz oldinroq qattiq jarohat olib uzoq muddatga futboldan chetga qolgan jamoadoshi, daniyalik futbolchi Mikael Kron-Deliga bag‘ishladi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning 1 hafta oldin o‘tgan birinchi uchrashuvida  Kron-Delining tizza qopqog‘i chiqib ketgandi.

Uning davolanib safga qaytishi uchun 8 oy talab etilishi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: