Rossiyaning eng yaxshi Qur'on hofizi nomi e'lon qilindi

Jahon 20:35 / 06.05.2016 73262

Dog‘istonning Kizlyar shahrida yashovchi Bilol Abdulholiq Rossiyaning eng yaxshi Qur'on hofizi deb topildi. Hofiz Eronda bo‘lib o‘tadigan Qur'on hofizlarining xalqaro tanloviga borish bilan mukofotlandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Bilol Abdulholiq Qur'onning barcha 30 porasini yoddan ifodali va grammatik jihatdan to‘g‘ri aytib berdi. U bunday tanlovlarda birinchi marta ishtirok etmayapti hamda Rossiya va xalqaro darajada sovrindor bo‘lgan", deb ma'lum qildi tanlov tashkiliy qo‘mitasi. Tadbir Sankt-Peterburgdagi musulmon madaniyati kunlari doirasida o‘tdi.

2-o‘rinni moskvalik Oyatulloh Zarifiy, 3-o‘rinni peterburglik Imom Rabboniy egalladi. Ular tanlovning 2-yo‘nalishi (Qur'on oyatlarini ifodali o‘qish) g‘oliblari sifatida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. 

Avvalroq tanlovda Sochi, Moskva, Sankt-Peterburg, Ryazan, Ufa, Grozniy, Qozon, Derbent, Mahachqal'adan 23 kishi ishtirok etayotgani ma'lum qilingandi. 

Tanlov Rossiyada uchinchi marta o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: