Rossiya sport vaziri poygachi Kvyatning jamoadan chetlatilishini tanqid ostiga oldi

Sport 08:47 / 06.05.2016 1888

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko "Formula-1" avtopoygasida ishtirok etuvchi "Red Bull" jamoasining rossiyalik poygachi Daniil Kvyatni jamoadan chetlatish qarorini juda qattiqqo‘l deb atadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

"Kvyat o‘tgan mavsum oxiri va joriy mavsum boshida ancha progressga erishayotgandi. Agar u birgina yo‘l qo‘ygan xatosi deb chetlatilayotgan bo‘lsa, unda bu qaror juda qattiqqo‘ldir", deb aytdi Mutko.

Mutko sportchining malakasi va taniqligi darajasi unga bu vaziyatdan chiqishga yordam berishiga umid bildirdi. "Umid qilamanki, u boshini xam qilmay, boy berilgan pozitsiyalarni qaytara oladi", deb qo‘shimcha qildi vazir. Mutko, shuningdek, "Formula-1" ko‘p narsa nafaqat poygachiga, balki jamoaga ham bog‘liq bo‘ladigan eng professional chempionatlardan biri ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

5 mayda 22 yoshli poygachi jamoaning sho‘'a jamoasi Toro Rosso’ga o‘tkazilgandi. Bu jamoa ham avtopoygada ishtirok etadi. Asosiy jamoada poygachining o‘rnini niderlandiyalik 18 yoshli poygachi Maks Ferstappen egalladi. 

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Sochidagi Gran-prida niderlandiyalik poygachi Kvyatdan 4 ta pozitsiya keyin, ya'ni 19-bo‘lib marraga yetib kelgandi. Bu Gran-prida rossiyalik poygachining ehtiyotsizligi tufayli "Ferrari" poygachisi Sebastyan Fettel poygadan chiqib ketgandi.

Joriy mavsumda Kvyat 21 ochko bilan umumiy hisobda 8-o‘rinni egallamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: