Janubiy Koreyaning Seul shahri hokimligi tomonidan har yili tashkil etiladigan “Do‘stlik yarmarkasi” Xalqaro festivalida Otabek Muhammadzohid va uning sozandalardan tashkil topgan jamoasi ishtirok etmoqda.
Festivalda 13 ta davlatdan tashrif buyurgan san'atkorlar qatnashmoqda. Ular qatorida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan xonanda Otabek Muhammadzohid o‘z jamoasi bilan birgalikda jonli musiqa va ijroda qo‘shiqlar kuylamoqda.
Festivalning asosiy qismi 7 maydan boshlanadi.
Xonandaning ma'muri bergan ma'lumotga ko‘ra, Otabek Muhammadzohid Janubiy Koreyaning Seul shahri hokimligi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligiga kiritilgan taklifga binoan ushbu festivalda ishtirok etmoqda.