Niderlandiyada kartondan uy qurish taklifi ko‘rib chiqilmoqda

Fan-texnika 19:31 / 06.05.2016 11326

Niderlandiyada kartondan uylar qurilishi boshlanishi mumkin. Bu haqda M2 jurnali xabar berdi

Bunday obektlar balandligi 1,2 metr va og‘irligi yarim tonna bo‘lgan karton bloklaridan yasaladi. Har bir modul o‘zida ekologik kley bilan mahkamlangan 24 qavat kartonni sig‘diradi. Suv o‘tkazmaydigan xususiyatli yog‘och qoplama yog‘ingarchilikdan himoya qiladi.

Kartonni uyni istalgan qulay joyda yig‘ish mumkin. Obektning arxitektura formasi egiluvchan, dizayn va joylashuv imkoniyati chegaralanmagan. 

Fiction Factory Niderlandiya kompaniyasi o‘zining ixtirosiga Wikkelhouse nomini berdi. Uni “o‘ralgan uy” deb tarjima qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: