«Manchester Siti»ga qarshi o‘yin vaqtida Beylning tizzasi, Navasning tovoni jarohatlangani ma'lum bo‘ldi

Sport 19:39 / 06.05.2016 5691

«Real» jamoasi darvozaboni Keylor Navas va jamoa yarimhimoyachisi Garet Beyl YeChLning yarim finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tibbiy xodimlar bu ikki futbolchida ham jarohat qayd etishgan. Beylning o‘ng oyog‘idagi tizzasi jarohati yangilangan, Navasda esa chap oyog‘ining tovon qismi bilan muammo yuzaga kelgani qayd etilgan.

«Real» futbolchilarning holati va ularning qachongacha jarohatdan tiklanishi haqida rasmiy ma'lumot bermagan. Ularning keyingi uchrashuvlarda ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: