Latviya ichki ishlar vazirligi mamlakatdan chiqishni taqiqlash huquqiga ega bo‘lmoqchi

Jahon 08:29 / 06.05.2016 3108

Latviya ichki ishlar vazirligi qonunlarga vazirlikka davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi fuqarolarga mamlakat tashqarisiga chiqishni taqiqlash huquqini beruvchi tuzatishlarni tayyorladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Ko‘plab davlatlar xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olib, o‘z me'yoriy hujjatlariga radikalizm va ekstremizm tarqalishi oldini olish maqsadida tuzatishlar kiritgan. Davlatlar tomonidan qo‘llaniluvchi bunday vositalardan biri shaxslarning Yevropa Ittifoqi, Shengen kelishuvi va uchinchi davlatlarga borishi huquqini cheklash hisoblanadi", deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda jamiyat va milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida Latviyadan chiqish cheklana olmaydi. Yangi tuzatishlarga ko‘ra, mamlakatdan chiqishga taqiqlov 3 yilgacha bo‘lgan muddatga o‘rnatilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: