Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 36 yil ichida birinchi marta bo‘lib o‘tayotgan Koreya Mehnat partiyasi qurultoyini yevropacha kostyum va galstukda ochdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi birinchi marta omma oldida frenchsiz (harbiy kiyim ko‘rinishidagi kurtka) paydo bo‘ldi.
Shimoliy Koreya yetakchisi kirish nutqida "qurultoy tarixiy vaqtda bo‘lib o‘tayotganini" ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq xorijiy jurnalistlar qurultoyga kiritilmaganlari ma'lum qilingandi.